Obama Trampning qaroriga e’tiroz bildirdi

Eron bilan 2015-yilda yadroviy bitim imzolagan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama rasmiy Vashingtonning bitimga qarshi chiqishiga e’tiroz bildirib: «Eron hech bir moddasini e’tiborsiz qoldirmagan yadroviy bitimga qarshi chiqish jiddiy xatodir», – dedi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Barak Obama 2015-yili imzolagan 6 moddadan iborat bitim ham AQSh, ham jahon davlatlarini yadroviy qurollardan xoli qilishda muhim ahamiyat kasb etishiga urg‘u berdi.
AQShning sobiq tashqi ishlar vaziri Jon Kerri ham Trampning bu qarori jiddiy xato ekanini ta’kidladi.
Trampning bu qaroriga bir nechta senator ham qarshi chiqdi.
Ushbu qaror Eron bilan birgalikda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari – AQSh, Rossiya, Xitoy, Angliya, Fransiya hamda Germaniya o‘rtasida imzolangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter