Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarda Eron bilan aloqador josuslar va qo‘poruvchilar qo‘lga olindi

Qatarda Eron bilan aloqador josuslar va qo‘poruvchilar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Qatar davlat xavfsizlik xizmati Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan aloqadorlikda gumon qilingan ikkita guruh a’zolarini hibsga oldi. Bu haqda Qatar News Agency (QNA) davlat axborot agentligi ma’lum qildi.

Kuzatuv va qidiruv ishlari natijasida jami 10 kishi qo‘lga olingan.

Ulardan yetti nafari Qatardagi muhim va harbiy ob’yektlar haqida ma’lumot to‘plash, ya’ni josuslik qilishda ayblanmoqda. Qolgan uch nafari dronlardan foydalangan holda qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan.

Gumonlanuvchilarning yonidan maxsus aloqa vositalari, texnologik uskunalar hamda muhim inshootlarning aniq koordinatalari va joylashuv xaritalari topilgan. Tergov jarayonida hibsga olinganlarning barchasi IIQK bilan aloqasini va o‘zlariga yuklatilgan topshiriqlarni tan olgan.

Ushbu hibsga olishlar Eron va uning qo‘shnilari o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan, xususan, Qatar havo hududida Eron dronlari va raketalari urib tushirilganidan so‘ng amalga oshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring