Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy ma’lumot. Qozog‘istonda avtobus halokatida halok bo‘lganlarning 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi

Rasmiy ma’lumot. Qozog‘istonda avtobus halokatida halok bo‘lganlarning 3 nafari O‘zbekiston fuqarosi

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonning Jambil viloyati xududida yirik yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. Olmaota — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘anagan edi. Dastlabki xabarlarga ko‘ra 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgani aytilgandi. Bu xabarni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham tasdiqlagan.

Ammo keyinchalik halok bo‘lganlardan bir nafari Qozog‘iston fuqarosi ekani aytildi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu borada rasmiy ma’lumot berib o‘tdi.

Bugun, 20 aprel 05.00da Olmaota — Toshkent yo‘lining 181-kilometrida avvalroq YTHga uchragan ikki avtomobil yo‘l chetida turgan. Avtobus haydovchisi yuqorida ko‘rsatilgan mashinalar bilan to‘qnashib ketishdan saqlanish uchun rulni buradi va yo‘ldan chiqib ketadi.

Avtobus ichida 47 yo‘lovchi bo‘lgan, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. DTP natijasida 8 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 32 nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan. Kasalxonada yana uch kishi jarohatlardan vafot etdi.

FVV tomonidan rasman ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning uch nafari O‘zbekiston fuqarosi. Ayni vaqtda O‘zbekiston va Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar bo‘limlari hamkorlikda ish olib bormoqda.

Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari:

Abduholiqov U. 1993 yilda tug‘ilgan.
Kalmuratov A. 1988 yilda tug‘ilgan.
Yermekbayev D. 1972 yilda tug‘ilgan.

Jarohatlangan hamyurtlarimiz

Oljabayev A. 1994 yilda tug‘ilgan.
Xaytbayev O. 1985 yilda tug‘ilgan.
Abdusatirov Z. 1999 yilda tug‘ilgan.
Jumaniyazov M. 1996 yilda tug‘ilgan.
Axmetova R. 1994 yilda tug‘ilgan.
Mativjanov O. 1987 yilda tug‘ilgan.
Setmurat D. 1987 yilda tug‘ilgan.
Xaydarov S. 1994 yilda tug‘ilgan.
Ilyasov M. 1974 yilda tug‘ilgan.
Ismiddinova A. 1997 yilda tug‘ilgan.
Mambetov N. 1971 yilda tug‘ilgan.
Japarov Sh. 1984 yilda tug‘ilgan.

Jabrlanganlarning yaqinlari va qarindoshlari quyidagi raqamlar orqali ma’lumot olish uchun FVVga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin: (+998 78) 147-10-50.

Jambil viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti raqami: +77262999054

Xabar.uz sayti halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring