Rossiya Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum uyushtirdi
Joriy yil 6-iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan ommaviy hujum uyushtirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 46 nafar inson jarohatlangan. Ular orasida besh nafar bola ham bor.
Hujum natijasida Podolsk tumanidagi ko‘p qavatli turar joy binolaridan biri qisman qulab tushgan. Darnitskiy tumanida ham bir nechta turar joyga zarar yetgan. Vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Kiyev shahar hokimiyati havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlaganini ma’lum qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakatning g‘arblik hamkorlarini havo mudofaasi tizimlarini, xususan Patriot majmualari uchun raketalar yetkazib berishni kuchaytirishga chaqirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter