Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Stallone Kann festivaliga yangi Remboni olib keladi

Stallone Kann festivaliga yangi Remboni olib keladi

Foto: «Instagram»

Hollivud aktyori Silvestr Stallone 72-Kann kinofestivalida «So‘nggi qon» filmini namoyish qiladi. Bu haqda festival tashkilotchilari ma’lum qilishdi.

— Aktyor yana ekranlarga qaytadi: so‘nggi yillardagi eng mashhur kinoqahramonlardan biri — Jon Remboni o‘ynaydi, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Stallone 24-may kuni filmning Kanndagi maxsus namoyishida qatnashadi.

Ma’lumot uchun: Kann xalqaro kinofestivali 2019-yilning 14—25-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring