Xitoy kompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Air China aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochdi.
Xitoyning Air China milliy aviatashuvchisi xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda va Pekin-Toshkent-Pekin yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochish orqali ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirmoqda.
19 iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qo‘ndi.
Zamonaviy Boeing-737 laynerida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va gullar bilan kutib olindi.
"Biz Xitoy va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, bu yo‘nalish savdo, sayyohlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim bo‘g‘inga aylanadi. Air China nafaqat yo‘lovchilarni tashish, balki odamlarni, shaharlarni va imkoniyatlarni bog‘lovchi yangi ufqlarni ochishga intiladi. Biz aviakompaniya parvozlarning har bir bosqichida ishonchlilik, qulaylik va yuqori xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratamiz", — deya ta’kidladi kompaniya vakili.
Parvozlar haftasiga uch marta - seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Air China - Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi. Star Alliance a’zosi hisoblanadigan kompaniya 1988 yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter