Xotin-qizlar qo‘mitasi: og‘ir sharoitdagi ayollar salomatligi uchun 1 milliard so‘mdan ziyod pul ajratildi
Respublikamizda nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularning hayot kechirish sifatini yaxshilash maqsadida 2019 yilning I choragida 980 nafar imkoniyati cheklangan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.
Jumladan ular nogironlik aravachalari, tibbiy protez-ortopedik va eshitish moslamalari, qo‘ltiq tayoq, xassalar, yurish moslamalari hamda dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.
Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning salomatlik holatlarini yaxshilash maqsadida statsionarlarda davolanishga, sihatgohlarga va shaxar hududidagi klinikalarda bepul davolanish kurslarini olish uchun orderlar topshirilib, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.
Avvalroq, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ilk bor «Qizlarjon» o‘quvchi-qizlar sammiti bo‘lib o‘tgani ma’lum qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter