Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘l-patrul xizmati xodimini suratga olish mumkinmi?

Yo‘l-patrul xizmati xodimini suratga olish mumkinmi?

Yo‘l harakati qatnashchilari yo‘l-patrul xizmati xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilish huquqiga ega. Bu haqda adliya vazirligi kanalida ma’lumot berib o‘tildi.

Yo‘l-patrul xizmati xodimining foto va video tasvirga olish taqiqlangan belgi mavjud hududlarda xizmat olib borish holatlari bundan mustasno.

Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida quyidagilarga majbur:

– o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;

– fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring