Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident faol deputatlarni e’tirof etdi — «Bizga muholifat kerak!»

Prezident faol deputatlarni e’tirof etdi — «Bizga muholifat kerak!»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis qonunchilik palatasiga qilgan murojaati davomida faol deputatlarni e’tirof etib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

«Muholifat o‘zimizda yetishib chiqmoqda. Bu to‘g‘ri! Muxolifat ichimizdan chiqishi lozim. Bu shunchaki oppozitsiya emas, bu — Vatanparvarlik!

Mana, Rasul Kusherbayev ko‘pchilikka yoqmaydi, ammo menga yoqadi. Bu gaplarim ijro hokimiyatidagi ko‘pchilikka yoqmayapti, ko‘rib turibman. Ularning rangi o‘zgaryapti, qo‘rqayapti. Mayli, qo‘rqaveringlar. Ammo men qo‘rqmayman! Bizga shunday deputatlar kerak!

Bir narsani to‘g‘ri tushunaylik — biz birga ishlashni o‘rganishimiz shart. Hozir bir fikr paydo bo‘lgan — go‘yoki tanqid qilingan odam ishdan ketadi. Hech kim ketmaydi ishdan. Xato qilmaydigan odam bor ekanmi? O‘sha xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishni o‘rganish lozim.

Bizga Parlament nazorati kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring