Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident shu hafta Farg‘onaga boradi — Abdulla Aripov

Prezident shu hafta Farg‘onaga boradi — Abdulla Aripov

Manba: Ijtimoiy tarmoqlar

Kecha Farg‘ona viloyati, So‘x tumani hududidan o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida har ikki davlat fuqarolari o‘rtasida janjal bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Farg‘onada bo‘lib turibdi.

Qirg‘iziston bilan cheraga hududida qishloqlar aholisi o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuv ortidan bugun O‘zbekiston huqumati rahbari Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatining «Chechme-Avtodorojniy» nazorat o‘tkazuv punktida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan so‘ng Abdulla Aripov So‘x tumani aholisi bilan ko‘rishdi. Mahalliy aholi bilan muloqot chog‘ida Bosh vazir ularning taklif va muammolarini tingladi. Uchrashuvda aholi vakillari yechimini kutayotgan muammolarni bayon qilishi barobarida ayrim mahalliy rahbarlardan norozi bo‘layotganini ham yashirib o‘tirmadi.

Hukumat rahbari ularning barcha talab va istaklarini umumlashtirgan holda mamlakat Prezidentiga axborot berilajagini bildirdi. Shuningdek, Bosh vazir tomonidan shu haftada davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga safar qilajagi ham ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring