Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tadi

Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tadi

O‘zMTRKning telekanallari orqali shu yilning 19 oktyabr kuni soat 17:00 da Prezidentlikka nomzodlarning vakillari o‘rtasidagi teledebat namoyish etiladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida xabar qilindi.

Debatni «O‘zbekiston 24», «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma’rifat» kanallarida tomosha qilish mumkin. Shu bilan birga, aholining barcha qatlamini qamrab olish maqsadida teledebatning surdo hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalari berib boriladi.

Shuningdek, Milliy teleradiokompaniyaning onlayn platformasi — «Uztv.uz» orqali ham teledebatlar efirga uzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring