Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba suv omborining taqdiri haqida ma’lumot berildi

Sardoba suv omborining taqdiri haqida ma’lumot berildi

«Press klub» boshlovchisi Sherzod Qudratxo‘jayev Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan ko‘rsatuv davomida Sardoba suv ombori taqdiri haqida ma’lumot berib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar qildi.

— Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi uchun Sardoba suv omborining o‘rni beqiyos. Suv bo‘lmasa hayot ham bo‘lmaydi. Sardobaning Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun ahamiyati juda katta.

Ammo Prezidentimiz aytganidek, barchasini avval yetti o‘lchab, keyin bir marta kesishimiz kerak. Ayni vaqtda xorijdan kelgan ekspertlar Sardoba suv ombori holatini o‘rganish bo‘yicha ish olib bormoqda. Ta’mirlash, tiklash va foydalanish ishlari xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda hal qilinadi.

Bu borada Qozog‘iston tomoniga ham minnatdorchilik bildirib o‘tishimiz kerak, qo‘shnilarimiz bizni qo‘llab quvvatlamoqda. Suv omborining kelajagi yaqin vaqtlarda ma’lum bo‘ladi. Bu bo‘yicha to‘g‘ri yechim topilishiga ishonamiz.

Suv omborini qayta ishga tushirishda hammaning manfaati hisobga olinadi, — dedi Sherzod Qudratxo‘jayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring