Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada rossiyalik futbolchi daraksiz g‘oyib bo‘ldi

Turkiyada rossiyalik futbolchi daraksiz g‘oyib bo‘ldi

Foto: «sport-express.ru»

Turkiyaning «Ankaragyujyu» klubi hujumchisi Zaur Sadayev bir haftadan buyon jamoa bilan aloqaga chiqmayapti. Bu haqda  Milliyet nashri xabar berdi.

30 yoshli rossiyalik futbolchining g‘oyib bo‘lgani haqida jamoa bosh murabbiyi Mustafa Kaplan ma’lum qilgan. Hozircha uning qayerda ekanligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Sadayev «Ankaragyujyu» klubiga joriy yilning fevralida Rossiyaning «Axmat» jamoasidan o‘tgan edi. U bu mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring