Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘rinbosari va ikki vazirga mas’uliyatli vazifa yuklatildi

Bosh vazir o‘rinbosari va ikki vazirga mas’uliyatli vazifa yuklatildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Shu bois, viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘n kun muddatda «Barkamol avlod» markazlarida zamonaviy to‘garaklar ochish va ularning har bir maktabda tarmoq filiallarini tashkil etish orqali qamrovni kamida 3-5 baravarga oshirish bo‘yicha rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi (respublika bo‘yicha kamida 500 ming yoshlarni qamrab olish kerak).

Shu bilan birga, Aziz Abduhakimov (bosh vazir o‘rinbosari), Sherzod Shermatov (xalq ta’limi vaziri) va Abduqodir Toshqulov(oliy ta’lim vaziri) joriy yilda 2 million nafar yoshlarni ta’lim muassasalarining sport zallari va maydonlarida to‘garaklar va musobaqalarga jalb qilishi belgilab berildi.

Shuningdek, Aziz Abduhakimov va R.Jo‘rayevga yozgi ta’til davrida yoshlar o‘rtasida mahallalar, sektorlar va tumanlar miqyosida sport hamda harbiy vatanparvarlik musobaqalarini tashkil etish topshirig‘i berildi.

Shu maqsadda, yoshlarni sport, madaniyat va san’atga qiziqtirish uchun konkurs va musobaqalar ko‘paytiriladi.

Bir oy muddatda mahalla, tuman, viloyat, respublika darajasida tanlov va musobaqalar o‘tkazish grafigini tasdiqlanadi va kundalik ijrosi tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring