Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! Videodarslar xorij telekanallari o‘rnida namoyish etiladi

Diqqat! Videodarslar xorij telekanallari o‘rnida namoyish etiladi

Karantin davrida umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quvchilariga televizion videodarslarni tayyorlash va tarqatishni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilgan.

Xususan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorlikda tayyorlovchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga «online-maktab» va «online-bog‘cha» rukni bilan tashkil etiladigan televizion videodarslarni barchaga sifatli yetkazishni ta’minlash maqsadida «Uzdigital TV» MChJ, «O‘zbekiston Kabel Televideniyasi» MChJ, kabel va efir kabel televideniye hamda IP-televideniye tarmoqlari operator va provayderlari tarmoqlaridagi tijorat asosida tarqatilayotgan 4 ta xorijiy televideniye kanallari o‘rniga, shuningdek yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4 ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Televizion videodarslarni:

  • «Uzdigital TV» MChJ abonentlari National Geographic, Eurosport, Oxota i Ribalka, Muz TV telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin;
  • Kabel televideniye hamda IP-televideniye abonentlari RU.TV, Muzika Pervogo, Fashion TV, TVS telekanallari o‘rniga tomosha qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun to‘rtinchi chorak darslari dushanba, 30 mart kunidan boshlab har kuni coat 8:30dan televideniye va internet orqali boshlanishini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring