Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder 400 nafar bitiruvchining «kontrakt»ini to‘lab berdi

Milliarder 400 nafar bitiruvchining «kontrakt»ini to‘lab berdi

Foto: «Regnum»

Amerikalik milliarder, saxovatpesha va sarmoyador Robert Smit o‘ziga faxriy doktorlik darajasi berilgan ta’lim muassasasida nutq so‘zlarkan, bu yilgi barcha bitiruvchilarning ta’lim kreditlarini to‘lab berishga so‘z berdi. Bu haqda «Atlanta Journal-Constitution» xabar berdi.

Smit hozir 56 yoshda, sobiq muhandis-kimyogar, «Vista Equity Partners» kompaniyasi bosh direktori, Morhaus kollejiga stipendiyalar va park qurish uchun avval 1,5 million dollarlik yordam bergan. Bitiruvchilarning ta’lim kreditlari esa qariyb 40 million dollar. Kollej vakilining aytishicha, ta’lim muassasasi o‘z tarixida bunchalik katta sovg‘a olmagan.

Senator hamda AQSh prezidentligiga nomzod Berni Sanders o‘z tvitterida Smitning qarorini alqadi, biroq bu bilan ish bitmaydi:

«Juda soz. Ammo talabalarning muammosini saxovat bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bunga hukumat darajasida aralashuv kerak».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring