Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Isroil-O‘zbekiston ilmiy konferensiyasi start oldi

Toshkentda Isroil-O‘zbekiston ilmiy konferensiyasi start oldi

Toshkentda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Isroil Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida tashkil etilgan «STEMM» (Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) — «Fan, texnologiya, ta’lim, matematika va tibbiyot» sohalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyasi start oldi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, mamlakatimizdagi qator oliy ta’lim muassasalari vakillari, yosh olimlar, mutaxassislar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalar ishtirok etdilar.

Anjumanda isroillik olimlar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim jarayonlari, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berdilar. 

Ma’ruzalarda ta’kidlanganidek, bugungi kunda butun dunyoda tabiiy boyliklarni asrash va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarida ixcham va tejamkor, yuqori samarador texnologiyalarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, turizm, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida yaqqol o‘z ifodasini topmoqda. 

Shu yil 18 maygacha davom etadigan xalqaro anjuman doirasida O‘zMU fakultetlarida qator loyihalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring