Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyada 10 000 ga yaqin shifokor koronavirus yuqtirib oldi

Ispaniyada 10 000 ga yaqin shifokor koronavirus yuqtirib oldi

Foto: theolivepress.es

Ispaniyada koronavirus infeksiyasidan halok bo‘lganlar soni bir kunda 769 nafarni tashkil etib, jami qurbonlar soni 4858 nafarga yetdi. Bu haqda «The Sun» xabar bergan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning 64599 nafar aholida virus aniqlangan. Halok bo‘lganlarning soni bo‘yicha Ispaniya hozirda Italiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi. Italiyada hozirgacha 8,215 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Ispaniya virus tasdiqlanganlan soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallamoqda.

«Virusni yuqtirgan tibbiyot xodimlarining soni bugungi kunda qariyb 9,5 mingga yetdi», deya bayonot bergan hukumat vakillari. Ya’ni, har kasalga uchragan 6 bemorning biri shifokorlarning hisobiga to‘g‘ri kelyapti.

Yevropa rahbariyati tomonidan Ispaniya pandemiyaga qarshi kurashda xatolarga yo‘l qo‘yayotganlikda ayblanmoqda. Ispan shifokorlari esa kasallikka qarshi kurashda ularga tibbiyot buyumlari va himoya vositalari yetishmayotganini iddao qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring