Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya siyosiy maydoniga yana bir Putin kirib kelmoqda — shunchaki familiyadoshmas

Rossiya siyosiy maydoniga yana bir Putin kirib kelmoqda — shunchaki familiyadoshmas

Roman Putin.

Foto: «Wikipedia»

Rossiya prezidenti Vladimir Putining jiyani — FXX sobiq xodimi, tadbirkor Roman Putin o‘z partiyasini boshqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda «Mk.ru» xabar berdi.

Ma’lumot: Roman Igorevich Putin — 1977-yilning 10-noyabr kuni tug‘ilgan. RF prezidenti Vladimir Putinning Ryazandagi amakisi — Aleksandr Spiridonovich Putinning nevarasi. 

5-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan s’yezdda Roman Putin partiya yetakchisi sifatida tanishtirilishi «Xalq korrupsiyaga qarshi» (!) siyosiy tashkiloti saytida ma’lum qilingan. Qo‘shimcha qilinishicha, Roman Putin jamoat va siyosiy ishlarda katta tajribaga ega, yaxshi tadbirkorligi «korrupsiyaga qarshi faoliyatga yangi kuch beradi».

Putinning jiyani o‘z siyosiy harakatiga asos solishi haqida mart oyida ma’lum bo‘lgandi. O‘z navbatida, uning partiyasi bundan sal avval biznes vakillari asos solgan «Lyudi dela» harakati bazasida tuzilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Endilikda partiya sayti Roman Putin uning safiga 21-iyun kuni qo‘shilganini yozyapti.

Bugun Rossiyada yangilangan Konstitutsiya kuchga kirgani to‘g‘risida xabar bergandik. «Yangilangan Putin» bilan birga «Yangi Putin» ham siyosiy sahnaga ko‘tarilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ular shunchaki familiyadoshmas, taqdimot sanalari ham qiziq...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring