Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada politsiyachi ikki hamkasbini o‘ldirib yuborishda ayblanmoqda

Rossiyada politsiyachi ikki hamkasbini o‘ldirib yuborishda ayblanmoqda

Rossiyaning Vorkut shahrida politsiya xodimi qo‘lga olindi. U ikki hamkasbining joniga qasd qilishda ayblanmoqda.

Xabar qilinishicha, kecha, 20 iyunda Vorkut shahridagi binolardan birida ikki politsiyachining jasadi topilgan. Ushbu holat bo‘yicha boshqa bir politsiyachi darhol asosiy gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi.

Ayni vaqtda tergov jarayoni o‘tkazilmoqda va qotillik sabablari qidirilyapti. Dastlabki xulosalarga ko‘ra, jinoyatga maishiy tortishuv sabab bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring