Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchilar aksiyasiga yana 2 xil avtomobil qo‘shildi

O‘qituvchilar aksiyasiga yana 2 xil avtomobil qo‘shildi

UzAuto Motors kompaniyasi ko‘plab talab va istaklarni inobatga olib, O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida e’lon qilingan aksiyadagi avtomobillar modellari qatoriga Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt mashinalarini ham qo‘shdi.

Aksiya doirasida umumta’lim, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari ushbu modeldagi avtomobillarni quyidagi shartlar asosida xarid qilishi mumkin:

—60% oldindan to‘lov;

—qolgan summa 1 yil davomida foizsiz to‘lab boriladi.

Muddatli to‘lovga avtomobil xarid qilish uchun xaridor yuqorida ko‘rsatilgan ta’lim muassasining o‘qituvchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma) taqdim etishi lozim.

Shuningdek avtomobilni garovga qo‘yish hamda hatardan sug‘urtalash ham mazkur aksiyaning asosiy shartlaridan biri sanaladi.

Shartnomalarni quyidagi dilerlik korxonalaridan olish mumkin:

  • "AS SERVIS" tarmoqlarining dilerlik korxonalari
  • "Sergeli Avtotexxizmat" AJ
  • "Nurafshon Avtocentr" MChJ
  • "Qaraqalpaqavtotexxizmet" MChJ

Avvalroq o‘qituvchilar uchun Chevrolet Spark va Lacetti avtomobillarini xarid qilish imkoni mavjud bo‘lgan aksiya haqida e’lon qilingandi.

Aksiya 2019-yilning 30-sentyabriga qadar amal qiladi. Shoshiling, avtomobillar soni chegaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring