Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva o‘rmonidan o‘zbekistonlik jasadi topildi

Moskva o‘rmonidan o‘zbekistonlik jasadi topildi

8-oktyabr kuni Moskva viloyati Lyuberets tumanidagi o‘rmondan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar berdi.

Avvalroq 2-oktyabr kuni “Tomilinsk elektron zavodi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi” MChJning ob’yektlaridan birida devor qulashi natijasida hamyurtimiz vafot etgani va tashkilot rahbarlari mazkur holatni yashirishga urinayotgani to‘g‘risida ma’lumot bor edi.

Elchixona shu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga rasmiy murojaat qilgan va bosh konsul O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari bilan birgalikda voqea joyiga borgan edi.

Tergov organlari qidiruv amaliyotlarini olib borgan va marhumning jasadi ob’yektdan 5 km. uzoqlikdan topilgan.

Ayni paytda tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davom etmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring