Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda fojia: 18 yoshli qiz attraksionda halok bo‘ldi

Namanganda fojia: 18 yoshli qiz attraksionda halok bo‘ldi

Uznews.uz

30 sentyabr kuni soat 15:40larda Namangan shahridagi ko‘ngilochar istirohat bog‘ida qutqaruvchi vazifasida ishlagan qiz bog‘da joylashgan, qurilishi to‘liq bitkazilmagan «Spin block» attraksioniga sinov o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Shu vaqtda u attraksionga ruxsatsiz chiqib, ehtiyotsizligi oqibatida temir trubaga urilib, voqea joyida vafot etgan.

Tergovga qadar tekshiruvda bu qiz (2001-yilda tug‘ilgan) «Namangan Istiqlol bog‘i» MChJga qarashli ko‘ngilochar bog‘da avgust oyidan beri qutqaruvchi vazifasida ishlab kelgani va uning asosiy ish joyi bog‘da joylashgan «akvapark» suv havzasida bo‘lgani aniqlangan.

Hozir holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlab, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring