Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahkum O‘zbekistonga qaytarildi

Mahkum O‘zbekistonga qaytarildi

Shu yilning 12-fevral kuni Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasining so‘roviga muvofiq, belgilangan jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Yo.A.G‘afurov uch oy muddatga qo‘shni davlat huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirilgan edi.

Mahkum Tojikiston Respublikasi hududida qasddan odam o‘ldirish, noqonuniy qurol saqlash, bezorilik, mahalliy hokimiyat vakillariga kuch ishlatish kabi jinoyatlarda gumon qilinayotgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, mahkum Yo.A.G‘afurov shu yilning 7-may kuni Tojikiston tomonidan O‘zbekistonning vakolatli organi vakillariga topshirildi.

Ayni paytda u O‘zbekiston hududida sodir etgan jinoyatlari uchun tayinlagan jazo muddatini o‘tamoqda.

Mahkum Yo.A.G‘ufurov jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 17.02.2010-y. hukmi bilan qator o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishda aybli deb topilib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring