Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollardan voz kechish payti keldi — deputat

Dollardan voz kechish payti keldi — deputat

Foto:«Xabar.uz»

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,  Yormamat Xoliyarov o‘zaro savdoda dollardan voz kechishga chaqirdi.

«Xalqaro pul o‘tkazmalarida har bir davlat o‘z milliy valyutasi bilan hisob-kitob qilishiga o‘tishi xalqaro iqtisodiyotni yanada jadal rivojlantirishga turtki bo‘ladi. Shuningdek, bu yirik davlatlarning nisbatan kichik davlatlarga nisbatan ehtimoliy tahdidni yo‘qga chiqaradi.

Demak, mamlakatimiz bank siyosati qonunchiligida yangi normalar va ularning amaliyotini sinab ko‘rish ustida Markaziy bank xozirdan ish boshlashi zarur va bu o‘ta dolzarb masaladir.

Xorij valyutasi hukmronligi davri o‘zgarish payti kelmoqda. Tag‘in yana 30 yil qo‘l qovushtirib o‘tirdik, deya yer chizib yurmang. Bu inflyasiyaga qarshi kurashda samarali uslubdir» deydi deputat o‘z murojaatida.

«Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oshirilmoqda, lekin Amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflashmoqda. Shu boisdan dollardan bir qator mamlakatlar voz kechmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Eron o‘zaro xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib chiqarmoqda va milliy valyutada muomala qilishga kelishib olishgan» deya asos keltiriladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring