Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston rangli metall zavodiga bosh direktor tayinlandi

O‘zbekiston rangli metall zavodiga bosh direktor tayinlandi

Foto: «uzvtorcvetmet.uz»

Hukumat qarori bilan Konstantin Mixaylovich Akulov «O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston rangli metall parchalari, chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash zavodi» AJ bugungi kunda respublikaning barcha hududlarida o‘z tayyorlov tashkilotlari tarmog‘iga ega bo‘lgan va respublika iqtisodiyotining barcha sohalarini sifatli rangli metallar bilan ta’minlovchi zamonaviy korxona hisoblanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring