Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pop tumanida «Har bir oila –tadbirkor» dasturiga 100 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi

Pop tumanida «Har bir oila –tadbirkor» dasturiga 100 mlrd so‘mdan ziyod pul ajratiladi

Bugun aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisi Abdurasul Abdullayev ishtirokida Namangan viloyati Pop tumanida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda tuman sektorlari rahbarlari, tuman faollari, tuman mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, tegishli tashkilot rahbarlariga «Har bir oila – tadbirkor»  davlat dasturining mazmun-mohiyati, bu borada tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash lozimki, Pop tumanidagi istiqomad qilayotgan aholining bandligini ta’minlash, turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida joriy yildan boshlab, «Har bir oila – dasturi» doirasida 100,0 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi belgilangan. Mazkur mablag‘lar hududdagi aholiga parrandachilik, chorvachilik, asalarichilik, issiqxona, shuningdek, boshqa turdagi tadbirkorlik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishi uchun imtiyozli foyzlarda kredit sifatida beriladi.

Tadbir so‘nggida hududdagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va biriktirilgan ma’sul xodimlarga tuman aholisi bilan birma-bir suhbatlashib, ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli, tanlangan tadbirkorlik yo‘nalishlarida ishlatishlari bo‘yicha doimiy ish tashkil etib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring