Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistlar DXM orqali maktabga qabul qilish jarayonini kuzatishdi (foto)

Jurnalistlar DXM orqali maktabga qabul qilish jarayonini kuzatishdi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Bugun Toshkent shahar Shayhontohur tumani davlat xizmatlari markazida OAV xodimlari uchun umumiy o‘rta ta’lim muassalariga qabul qilishga bag‘ishlangan mediatur o‘tkazildi.

Tadbirda shuningdek, Toshkent shahrida qurilishi boshlangan zamonaviy davlat xizmatlari markazlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Foto:«Xabar.uz»

Markaz xodimlari umumiy o‘rta ta’lim muassalariga qabul qilish jarayoni xususida jurnalistga ma’lumot berib o‘tishdi. Unga ko‘ra, bugungi kunga qadar poytaxtimiz maktablariga 2000 ga yaqin yo‘llanmalar topshirilgan.

Foto:«Xabar.uz»

—Katta farzandimni eski usulda maktabga qo‘yganman, mana kichik farzandimni esa davlat xizmatlari markazi orqali Shayhontohur tumanidagi 19-maktabga joyladim—,deydi fuqaro A’zam Sirojiddinov.—Birinchi usulda juda ko‘p qog‘ozbozlik, spravka yig‘ishlar bo‘lgan edi. Mana bugun esa DXM orqali faqat pasportim orqali 10 minutda maktabga yo‘llanma oldik.

Ayni damda markazda maktabga qabul qilishda  deyarli navbatlar yo‘q.

Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring