Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanini o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.

«Toblari qochgan edi, hozirda o‘zlariga keldilar. Savollarimizga javob qaytaryaptilar... Ayrim hovliqma, og‘zi bo‘sh axborot tarqatuvchilardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim. Bu sizlarning xalq orasida «rost so‘zlovchilar» safida turishingizga xizmat qiladi», – deya ta’kidlaydi Nazarbekov.

«Shu jumladan otamga chin yurakdan xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Xudo xohlasa otam yaxshi bo‘lib ketadilar», – deya qo‘shimcha qilib o‘tadi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring