Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning «uddaburon»ligi ta’minotchi korxonaga 150 mln.ga tushdi

Tadbirkorning «uddaburon»ligi ta’minotchi korxonaga 150 mln.ga tushdi

Bugun tadbirkorning mushugini pisht deyish qiyin. Shunaqa bo‘lish kerak, aslida. Yo‘qni yo‘ndirib, o‘ziga ham, o‘zgalarga ham foyda keltirayotganlarga halal berilmasa, bas. Yo‘lini topib ketaveradi. Biroq, tadbirkor nima ish qilmasin, qonun doirasida, birovga zarar yetkazmasligi shart.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Qarshi tumanidagi restoranlarning birida (asosiy faoliyatiga aralashmagan holda) energiya resurslari va suv ta’minotidan foydalanishi holatini o‘rganishayotgandi. Qarashsaki, restoranning «CE 303» rusumli elektr energiyasi sarfini hisoblash uskunasiga 50-60 kVt quvvatli iste’mol qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lsada,  ko‘rsatkich 2 soat davomida «qilt» etmasa-ya?!   Bo‘lishi mumkinmas: axir issiq kunda muzlatgich-u sovutgichlar  g‘irrillab ishlab turgan joyda ko‘rsatgich pirrillab ketishi kerakmasmi?

Shubhalar uskunasining soz yoki nosozligi, ichki mexanizmiga masofaviy boshqarish qurilmasi (pult) o‘rnatilgan-o‘rnatilmaganligini aniqlashga turtki berdi. Shu tariqa MIBning tezkor xodimlari ta’minotchi korxona vakillari va iste’molchi ishtirokida dalolatnoma tuzilib, hisoblash uskunasi yechib oldilar.

Mutaxassislar tekshirishsaki, elektr hisoblagichning  muhri qasddan buzilib, hisob sxemasi fazalariga qo‘shimcha qo‘lbola qurilma o‘rnatilganligi oshkor bo‘ldi.

Shunga asosan, «O‘zenergoinspeksiya» Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi va «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJlar tadbirkorning 150 mln. 522 ming so‘m zarar yetkazganligi to‘g‘risida xulosa berdi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring