Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

TIV Qozog‘istonda tazyiqqa uchragan o‘zbekistonlik talabalar yuzasidan ma’lumot berdi

TIV Qozog‘istonda tazyiqqa uchragan o‘zbekistonlik talabalar yuzasidan ma’lumot berdi

O‘zbekistondan Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan Muxtor Avezov nomidagi xalqaro universitetga o‘qishga borgan talabalar qozoq millatiga mansub mahalliy odamlardan tazyiqqa uchrayotgani xabar qilingan edi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019-yil 21-sentyabr kuni Chimkent shahridagi Mintaqaviy ijtimoiy-innovatsion universitetda O‘zbekiston Elchisi Saidikrom Niyazxodjayev, Chimkent shahar hokimligi vakillari, Universitet rektori Sandibay Boranbayev, Qozog‘iston Xalq assambleyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Po‘latov, Qozog‘iston Xalq assambleyasining Chimkent shahri bo‘yicha raisi o‘rinbosari Muradali Xalmuradov, Qozog‘iston Respublikasi o‘zbeklarining «Do‘stlik» etnomadaniy birlashmalari assotsiatsiyasi raisi Ikram Xashimdjanov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Chimkent shahrida ta’lim olayotgan O‘zbeksiton fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash, qoidabuzarlarga qonuniy choralar ko‘rish va kelajakda noxush hodisalarning oldini olish uchun zarur profilaktika tadbirlarini o‘tkazish borasida ko‘riladigan choralar muhokama qilingan.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi va Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi (Chimkent shahri uning konsullik okrugiga kiradi) vaziyatni nazoratga olgan. TIVning topshirig‘iga binoan Bosh konsulxona vakillari shaharda bo‘lib turibdi, hudud va Universitet rahbariyatlari, o‘zbekistonlik talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan. Mamlakatimizdan borgan talabalarga ularning diplomatik vakolatxona himoyasida ekanligi tushuntirildi.

Barcha mavjud muammolar Chimkent shahri mahalliy hokimiyati bilan birgalikda hal qilinadi. Mahalliy hokimiyat diplomatik vakolatxona faoliyatiga har tomonlama yordam ko‘rsatmoqda, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring