Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta tuman va ikki shaharda IIB boshliqlari almashdi

Uchta tuman va ikki shaharda IIB boshliqlari almashdi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Abdujabbor Rasulov Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, podpolkovnik Boltayev Niyoziy Xamidovich Buxoro viloyati Peshku tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, podpolkovnik Egamberdiyev Baxtiyor Azimovich Buxoro viloyati Jondor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan bo‘lsa, podpolkovnik Nadjimitdinov Baxtiyor Rahimovich Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shaxri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan. 

Mayor Ahmedov Elyor Bahodirovich Jizzax viloyati Paxtakor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, mayor Sobirov Zahiriddin Sadriddinovich Sirdaryo viloyati Shirin shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring