Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yong‘in xavfsizligi instituti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi (foto)

Yong‘in xavfsizligi instituti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

15-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida tantanali marosim o‘tkazildi. Unda institut bitiruvchilariga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom topshirildi va leytenant unvoni berildi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-leytenant Tursinxon Xudaybergenov, Institut boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Dilshod Toxtamuratovlar so‘zga chiqdi. 

So‘nggi yillarda ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, ilm-fanning amaliyot bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.

Ayni paytda, davlatimiz Rahbarining 2019-yil 10-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmoni asosida Institut bazasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining tashkil etilayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama chuqur bilim olishlari uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligini, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirish bo‘yicha muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni qaror toptirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi haqida so‘z yuritdilar.



Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring