Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dima Qayumning xalq kutubxonasi: Uning qurilishiga kim yordam beradi?

Dima Qayumning xalq kutubxonasi: Uning qurilishiga kim yordam beradi?

Foto: «Xabar.uz»

Rishtonlik tadbirkor va bloger Dilshod Boltaboyev (Dima Qayum)ning xayriya bilan qurilgan mashhur kutubxonasi buzilishga tushgani haqida avval xabar qilingandi.

Foto: Dima Qayum

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov feysbukdagi sahifasi orqali ushbu masalaga munosabat bildirib, Agentlik kitobxonlikni targ‘ib qilishga bel bog‘lagan har bir kishini himoya qilishga, qo‘llab-quvvatlashga va yordam berishga tayyorligini aytgandi.

«Biz viloyat hokimi Shuhrat Madaminovich bilan kelishgan holda, sizning kutubxonangiz o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun kerakli choralarni ko‘ryapmiz. Kutubxona uchun tumandagi eng yaxshi joyni tanlasangiz, o‘sha yerda birgalikda kutubxona quramiz... Siz va siz kabi kitobxonlikka befarq bo‘lmagan, bu borada o‘zining beg‘araz xizmatini ayamayotgan insonlar bilan hamisha birgamiz», deb yozgandi Komil Allamjonov.

Dilshod Boltaboyev bugun «Xabar.uz» bilan bog‘lanib, xushxabar borligini aytdi.

«Yaxshi xabar! Rishton tumani rahbarlariga shu kutubxona loyihasi (fotodagi) ma’qul tushdi. Xudo xohlasa, joyni ajratib berishsa, qurilishni boshlayman. Eski kutubxonamni 12.5 mln. so‘mga nasiyaga bergandim, uni pulini olaman. Podvalim ustidagi yetita biton plitani 700 dollarga sotganman. Hammasini jam qilib, sekin qurilishni boshlayveraman. Qolgani Allohga tavakkal, Toshkentdagi rahbarlarimiz ham yordam beramiz deyishgan, keyin xalqimizdan, yirik tadbirkor do‘stlarimizdan ham ozroq yordam so‘rab ko‘raman... Xursandman do‘stlar... Bu joy hech qachon meniki bo‘lmaydi. Bu joy «Roshidoniy XALQ kutubxonasi» bo‘ladi», dedi Dima Qayum.

Shuningdek, u kutubxona loyihasini chizib bergan Ismoil Dolimovga tashakkurini izhor qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring