Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

10-avgust kungi test natijalari e’lon qilindi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining o‘n uchinchi kuni (10-avgust) natijalari e’lon qilindi.

DTM xabar berishicha, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha eng yuqori ballar quyidagicha bo‘ldi:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 231,9 ball (173,9 ball test sinovlari natijasi, 58 ball kasbiy (ijodiy) imtihon natijasi);
  • Qarshi davlat universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;
  • Toshkent davlat yuridik universitetining 5240100 – Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi – 189,0 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Farg‘ona davlat universitetining 5120101 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi – 174,2 ball;

c) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:

  • Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi – 172,6 ball.

Test sinovlari natijalarini shaxsiy kabinet, ya’ni cabinet.dtm.uz sayti orqali pasport seriyasi va raqamini yoki abituriyent IDsini kiritgan holda ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring