Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»da Grizmanni sotib olishga pul yo‘q, xodimlar maoshi kechiktirildi

«Barselona»da Grizmanni sotib olishga pul yo‘q, xodimlar maoshi kechiktirildi

Foto: «Global Look Press»

«Barselona» rahbariyati «Atletiko»dan Antuan Grizmanni sotib olish kelishuvini amalga oshira olmayapti.

Kataloniyaliklar Grizmanni 12 iyulda «Kamp Nou»da «Barselona» futbolchisi sifatida tanishtirmoqchi edi, ammo klub «Atletiko»ga 120 million yevro to‘lay olmayapti. Muammo shundaki, transferga kafillik qilishi lozim bo‘lgan banklar bilan kelishishning imkoni bo‘lmadi.

Biroz vaqt muqaddam «Barselona» rahbariyati to‘lovni kechiktirishga urinib ko‘rgan edi, ammo «Atletiko» rahbariyati ko‘nmadi. AS tomonidan xabar qilinishicha, mavjud vaziyat tufayli hatto «Barselona» xodimlarining iyun oyidagi maoshi uch kunga kechiktirilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring