Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX raisi qanday kitoblar o‘qiydi?

DXX raisi qanday kitoblar o‘qiydi?

Foto: «Ruspekh.ru»

Mamlakatimizda «Book challenge» davom etayotgan bir vaqtda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev telegramdagi kanalida qiziqarli loyiha e’lon qildi. Unda O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarini egallab turgan taniqli shaxslarning sevimli kitoblari haqida ma’lumotlar taqdim qilinmoqda.

Muallifning qayd etishicha, loyiha jamoatchilikda iliq kutib olindi va katta qiziqish uyg‘otdi.

«Loyihaga imkon qadar turli yo‘nalishdagi tashkilot va muassasalar rahbarlarini jalb etishga harakat qilyapmiz. Umid qilamizki, yuqori martabali rahbarlarning bugun e’lon qilinayotgan sevimli kitoblari ro‘yxati ham mushtariylarga ma’qul keladi», deb yozadi u.

«Rahbarlarning sevimli kitobi» loyihasining 1-qismi bilan ushbu havolada tanishingiz mumkin. Quyida uning 2-qismi taqdim etiladi:

Abdusalom Azizov – Davlat xavfsizlik xizmati raisi

  • Amir Temur. «Temur tuzuklari»
  • Marsel Brion. «Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur»
  • Lev Tolstoy. «Urush va tinchlik»

Shuningdek, A.Azizov Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» va «Mehrobdan chayon» asarlarini ham albatta o‘qish kerakligini tavsiya qildi.

Qahramon Quranboyev – Yoshlar ittifoqi raisi

  • Amir Temur. «Temur tuzuklari»
  • Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»
  • Muhammadjon Quronov. «Bolam baxtli bo‘lsin desangiz»

Bahodir Qurbonov – Mudofaa vaziri

  • Amir Temur. «Temur tuzuklari»
  • Erix Mariya Remark. «Uch og‘ayni»
  • Gabriel Garsiya Markes. «Yolg‘izlikning yuz yili»

Inomjon Madjidov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

  • Etel Lilian Voynich. «Co‘na»
  • Pirimqul Qodirov. «Uch ildiz»
  • Jek London. «Martin Iden»

Shuhratbek Abdurahmonov – Andijon viloyati hokimi

  • Li Kuan Yu. «Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)»
  • Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma»
  • Amir Temur. «Temur tuzuklari»

Shuningdek, Sh.Abdurahmonov Muhammad Yusuf she’riyatini ham sevib o‘qishini ma’lum qildi.

G‘ofurjon Mirzayev – Sirdaryo viloyati hokimi

  • Hilda Hukhem. «Yetti iqlim sultoni»
  • Den Syaopin. «Zamonaviy Xitoyning asosiy masalalari»
  • Li Kuan Yu. «Uchinchi dunyo mamlakatlaridan - birinchiga. Singapur tarixi (1965-2000)»

Murodjon Azimov – Bojxona qo‘mitasi raisi

  • Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Muhammad Yusuf she’riy to‘plamlari
  • Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»
  • Chingiz Aytmatov asarlari

Nabijon Qosimov – O‘zbekistonning Germaniya Federativ respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi

  • Ronda Bern. «Sir» («Secret»)
  • Deyl Karnegi. «Do‘st orttirish va odamlarga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida» («How to Win Friends and Influence People»)
  • Abdulla Qodiriy. «O‘tkan kunlar»
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring