Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Huawei» asoschisi: «Qanotlarni yamab», so‘ng yana «uchamiz»

«Huawei» asoschisi: «Qanotlarni yamab», so‘ng yana «uchamiz»

Foto: «Al Jazeera»

AQSh hukumati ta’siri ostida Okeanortining yirik axborot texnologiyalari kompaniyalari «Huawei» bilan orani uzayotgani haqida xabar bergandik. Eng qizig‘i, «Huawei» rahbariyati Xitoy hukumati «javob zarbasi» berishiga, masalan, «Apple» siquvga olinishiga qarshi. «Huawei Technologies» asoschisi Jen Chjenfey bu haqda «Bloomberg» uchun intervyusida to‘xtalib o‘tdi.

«Birinchidan, bunday bo‘lmaydi. Ikkinchidan, shunday bo‘lgan taqdirda, men birinchi bo‘lib norozilik bildiraman», — dedi u.

«Huawei» bosh direktori ta’kidlashicha, «Apple» jahondagi yetakchi kompaniya, u bo‘lmasa mobil internet ham bo‘lmasdi..

«Nega ustozimga qarshi chiqishim kerak. Hech qachon bunday qilmayman», — ta’kidladi Jen Chjenfey.

Biroq u amerikaliklarning sanksiyalari «Huawei»ning 5G texnologiyasini rivojlantirishda boshqalardan ortda qolishi uchun yetarli ekanini ham yashirmadi.

«Samolyotimizning qanotida tirqishlar bor ekan, sekinlashishimiz tayin. Biz sekin, boshqalar tez uchsa, albatta o‘tib ketishadi. Biroq biz yamoqlarni solish bilan bandmiz, qachon tirqishlar qolmasa yana tez uchishni boshlaymiz», — dedi «Huawei» yetakchisi obrazli qilib.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring