Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Madrimovning jangi «Sport»da jonli efirda namoyish qilinadi

Isroil Madrimovning jangi «Sport»da jonli efirda namoyish qilinadi

Xabar berganimizdek, 9-mart kuni professional bokschi Isroil Madrimov o‘zining prof ringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Unda Madrimov venesuelalik Frenk Roxasga (26 jang, 24 g‘alaba, 23 nokaut) qarshi ringga chiqadi.

Ushbu jangni «Sport» telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi, deb xabar beradi Sport.uz internet nashri.

Telekanal «Buka» bilan hamkorlik qilib kelmoqda va aynan ushbu kompaniya ko‘magida 9-mart oqshomidagi jang jonli tarzda efirga uzatiladi.

Nyu-York shahridagi boks oqshomi bizning vaqt bilan 10 mart kuni tongda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring