Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST: Kongoda har hafta 86 kishi Ebola virusini yuqtirmoqda

JSST: Kongoda har hafta 86 kishi Ebola virusini yuqtirmoqda

Foto: «Xabar 24»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lum qilishicha, Kongoning Shimoliy Kivu va Ituri provinsiyalarida har hafta 86 kishi Ebola virusini yuqtirmoqda.

Tanzaniyaning «ZanzibarLeo» yangiliklar nashri JSST haftalik bayonotiga asoslanib, Kongo DR sarhadlari tashqarisida hali birorta ham kasallikni yuqtirish holati qayd etilmaganini aytdi.

JSST, shuningdek, 21 kun ichida (17-iyuldan 6-avgustgacha) Ebola virusini yuqtirganlik bo‘yicha 257 ta yangi holat qayd etilganini ma’lum qildi. Ulardan 116 nafari — Shimoliy Kivu viloyatidagi Beni shahri, yana 58 nafari — Ituri provinsiyasida joylashgan Mandim shahri aholisiga taalluqli.

Shunga qaramay, Gom shahri aholisining birortasida kasallik aniqlanmagan. Ma’lumki, u yerda virusni to‘rt kishi yuqtirgan bo‘lib, shulardan ikki nafari vafot etgan, yana ikki nafari ayni vaqtda Ebola virusini davolash tibbiyot markazida muolaja olishmoqda.

JSST xabariga ko‘ra, Shimoliy Kivu viloyati, Niragongo tumanida Ebola virusi bilan og‘riyotgan kishilar bilan mustahkam aloqada bo‘lgan 232 nafar kishi mutaxassislarning jiddiy nazorati ostida.

Aniqlanishicha, virusni yuqtirgan kishilar bilan yaqin aloqada bo‘lganlikda gumon qilinayotgan odamlarning 98 foizi vaksinatsiyadan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Kongo DRda jami 2 781 kishi virusni yuqtirgan bo‘lib, ulardan 1 866 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring