Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Leonardo Di Kaprio eng yomon o‘ynagan roli qaysiligini aytdi

Leonardo Di Kaprio eng yomon o‘ynagan roli qaysiligini aytdi

Foto: «News.ru»

Hollivud aktyori Leonardo Di Kaprio qaysi rolidan xijolat qilishini tan oldi, deb yozmoqda «The New York Post».

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zi ham xuddi Tobi Maguayr kabi tomoshabinlar «Dons Plam» qahvaxonasi» filmini ko‘rishlarini xohlamaydi. Chunki ular bu filmda ilk rollaridan birini ijro etishgan. Di Kaprio tajribasizligi tufayli rolini yaxshi ijro etolmagan.

«Men o‘shanda bor-yo‘g‘i bir kecha shug‘ullanganman. Men bu ishni shunchaki bajarganman xolos, tushunyapsizmi?» — dedi Di Kaprio.

Film 1995—1996-yillarda suratga olingan. O‘shanda Di Kaprio 21 yoshda, Maguayr 20 yoshda bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring