Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimining boshini yorgan fuqaro panjara ortiga jo‘natildi

MIB xodimining boshini yorgan fuqaro panjara ortiga jo‘natildi

Majburiy ijro byurosi xodimlari tabiiy gazdan keragicha foydalanib, pulini to‘lashga kelganda tajovuzkor munosabatda bo‘layotgan fuqarolarga duch kelishayotgani yangilik bo‘lmay qoldi.

Shu yilning 29-aprel kuni shunday holat byuroning Shahrixon tuman bo‘limi davlat inspektori I.Umirzaqov bilan sodir bo‘ldi.

Byuro xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tumanning Saroy MFY Saroy ko‘chasida yashovchi S.Begmatov xonadonida bo‘lishadi. Xatlov o‘tkazish tartibini tushuntirish asnosida xonadonga o‘rnatilgan gaz hisoblagich uskunasi ko‘rsatgichlarini tegishli dalolatnomaga tushira boshlaydi.

Shunda xonadon egasi S.Begmatov mast holatda davlat inspektorlarining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilib, ularni uyidan haydashga tushadi. Qarasaki, inspektorlar «yaxshi gap»ga ko‘nmaydigan, aksincha, qandaydir huquq-majburiyatlar haqida «amri-ma’ruf» qiladimi-yey...

...S.Begmatov o‘ziga kelganda kech bo‘lgandi. Chunki, qilar ishni qilib qo‘ydi, bu yog‘iga g‘isht qolipdan ko‘chgan...

Xizmat vazifasini bajarayotgan davlat inspektoriga nisbatan sodir etgan tajovuzi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «delo» sudga oshirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudi S.Begmatovga nisbatan 10 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring