Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olis koinotdan sirli signal keldi

Olis koinotdan sirli signal keldi

Foto: «Shutterstock»

Astronomlar tezkorligi bilan tanilgan va sakkiz marta takrorlangan radiosignallarni (FRB) «ushlash»ga muvaffaq bo‘lishdi. Signallarning manbai hozircha noma’lum, lekin olimlar buning tabiiy hodisa ekaniga ishonchi komil, deb yozmoqda «Science Alert».

Ikkita radiosignal manbai — FRB 180916 va FRB 181119 ikki martadan ortiq chiqqan (o‘n va uch marta tegishlicha), qolganlari faqat bir martadan takroriy radiosignallarni yuborgan. Bunda radioto‘lqinlarni qayd etish orasidagi eng uzun tanaffus 20 soatni tashkil etgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu ko‘pgina FRB takrorlanishiga ishora qilishi mumkin, biroq ayrimlari boshqalariga qaraganda faolroq.

Sakkizta yangi tezkor radiotovushlarning aksariyati har safar takrorlanganida signal chastotasida pasayish kuzatilgan. Bu ularning ishlab chiqarish mexanizmini tushunishga bo‘lgan kalit hisoblanishi mumkin. Bundan tashqari, FRB 180916 signal tarqalishida eng past ko‘rsatkichga ega bo‘lib, Yerga nisbatan yaqinligiga ishora qiladi. Shuningdek, bu radiotovushlar tabiatini aniqlashga yordam berishi mumkin.

Tezkor radiotovush bir necha millisoniya davom etgan va koinotga ulkan miqdorda energiya ajratgan. Olimlarning fikricha, tovushlar halokatli hodisa — masalan, yulduzlarning yo‘qolishi natijasi bo‘lishi ham mumkin. Biroq ayrim radioimpulslar vaqt o‘tishi bilan takrorlanmoqda. Masalan, 2012-yilda va 2015—2017-yillarda manbai neytron yulduz hisoblanmish FRB 121102 signallar yuborgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring