Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shvetsiyada kelib chiqishi o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik fuqarolar terrorchilikda gumonlanib, hibsga olindi

Shvetsiyada kelib chiqishi o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik fuqarolar terrorchilikda gumonlanib, hibsga olindi

Foto: svd.se

Shvetsiya ommaviy axborot vositalari kelib chiqishi o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktning oldi olingani haqida xabar tarqatdi. Jinoyatchilar 2018-yil bahorida qo‘lga olingan, ammo bu keng jamoatchilikka Shvetsiya xavfsizlik politsiyasi (SäPo) rahbari Klas Fribergning intervyusidan so‘ng ma’lum bo‘ldi, deya yozmoqda «Eadaily.com».

Friberg Shvetsiyaning yetakchi gazetalaridan biri — «Svenska Dagbladet»ga intervyusida bildirishicha, politsiya 2018-yilning bahorida va yozning boshlarida poytaxt Stokgolmning Akalla tumanida va Stryomsund shahrida (Stokgolmdan 500 kilometr masofada joylashgan) reydlar o‘tkazgan. Tezkor-qidiruv tadbirlarida terrorchilik jinoyatiga tayyorlanishda va terrorchilikni moliyalashtirishda gumon qilingan kelib chiqishi o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik shaxslar hibsga olingan.

Tergov ishlari sakkiz oy davomida o‘ta maxfiy sharoitda olib borilgan. «Bu juda jiddiy masala, shu bois ishning natijalarini xavf ostiga qo‘yishni istamayman, ammo biz o‘rgangan narsalarga asoslanib, terrorchilik harakatlarining oldini oldik deb o‘ylayman», — ma’lum qildi  SäPo rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring