Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv bosgan Toshkentda toshqinlar qanday bartaraf etilmoqda? (foto)

Suv bosgan Toshkentda toshqinlar qanday bartaraf etilmoqda? (foto)

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, toshqinlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari boshchiligida ishchi guruh tashkil etilgan.

Shtab tomonidan 1050, 1055 aloqa telefon raqamiga kelib tushgan murojaatlar zudlik bilan tahlil qilinib, shahar hokimining ikki nafar o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhga taqdim etildi va jalb qilingan jami 100 ga yaqin turli funksiyadagi maxsus texnikalar yordamida toshqin oqibatlari minimallashtirildi.

Yog‘ingarchilik holati to‘xtovsiz va ko‘p miqdorda bo‘lgani sababli, jalb etilgan maxsus texnikalar imkoniyatlarini inobatga olib, ayrim hududlarda yuz bergan suv to‘planishi holatlari ob’yektlarning ijtimoiy ahamiyati va toshqinning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda ketma-ketlik asosida bartaraf etildi.

Barcha toshqin va suv to‘planishi haqidagi xabarlar (aholi murojaatlari, ijtimoiy tarmoqlardagi real vaqt rejimidagi tasvirlar) shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olinib, Ishchi guruhga taqdim etildi va jami 70 ta (Yakkasaroy tumanida 6 ta: Sergeli tumanida 8 ta: Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 ta: Olmazor tumani 11 ta: Yunusobod tumani 8 ta: Yashnobod tumani 8 ta: Mirobod tumani 3 ta: Shayxontoxur tumani 7 ta: Uchtepa tumani 3 ta: Chilonzor tumani 5 ta) ob’yektlardagi toshqin oqibatlari bartaraf etildi.

Yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Hurmatli hashaharlar! Yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish to‘la Toshkent shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilgan holda, yuzaga kelgan suv toshqini bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha 1050, 1055 aloqa telefoniga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring