Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiya sohillarida 3 million dollarlik kokain topib olindi  

Yangi Zelandiya sohillarida 3 million dollarlik kokain topib olindi   

Yangi Zelandiya politsiyachilari dengiz sohilida umumiy qiymati 3 million dollar (Yangi Zelandiya dollari)ga teng 20 qadoq kokain topib olishdi. Bu haqda «The Guardian» xabar berdi.

Huquq-tartibot organlari uni Avstraliyaga yo‘l olgan yukning ma’lum bir qismi bo‘lishi mumkin, degan taxminda.

Avstraliya chegara kuchlari 2018-yili Yangi Janubiy Uelsning shimoliy qirg‘og‘ida kokain olib ketayotgan kemani qo‘lga olishadi. Narkodilerlarni hibsga olish jarayonida ikki nafar yigitcha giyohvand moddalarni suvga irg‘itganini ko‘rishgan.

Yangi Zelandiya politsiyasi taxminiga ko‘ra, Betels-Bich sohilida topilgan kokain — o‘sha kemaga tegishli. Negaki qadog‘i va tamg‘asi bir yil avvalgisi bilan bir xil. Huquq-tartibot organi xodimlari o‘sha joyni itlar yordamida yana bir bor tintib chiqishdi, shuningdek, qirg‘oqni vertolyotda turib ko‘zdan kechirishdi.

Mahalliy hukumat aholini sohil bo‘yida shubhali topilmalarni ko‘rganda zudlik bilan xabar berishga chaqirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring