Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi  o‘z missiyasini yakunlamoqda

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumarni qabul qildi. Bu haqda TIV axborotida ma’lum qilingan. 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining joriy kun tartibi hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqoti asos bo‘lgan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan asosiy masalalarni muhokama qilish uchun so‘nggi yarim yilda ikki marta uchrashgani alohida qayd etildi.

Suhbat yakunida vazir ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama sherikchilikning izchil rivojlanishida elchining shaxsiy hissisiga yuqori baho berdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring