Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuperning boshog‘rig‘i bittaga kamaydi — Suares O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

Kuperning boshog‘rig‘i bittaga kamaydi — Suares O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

Urugvay milliy jamoasi hujumchisi Luis Suares Xitoyda bo‘lib o‘tadigan «China Cup-2019» musobaqasida O‘zbekistonga qarshi maydonga tusha olmaydi. Bu haqda «Uff.uz» sayti «Barselona» futbol klubi matbuot xizmatiga asoslanib xabar bergan.

Urugvaylik hujumchi «Barselona» tarkibida «Betis»ga qarshi kechgan o‘yinda (4:1) jarohat olgan. Suaresning jarohati u qadar jiddiy emas, ammo tiklanishi uchun 10-15 kun vaqt ketadi. U Ispaniyada qoladigan bo‘ldi. Bu haqda katalon klubi rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Shu tariqa, Suares «China Cup-2019» xalqaro musobaqasiga bormaydigan bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Urugvay termasi 22 martda O‘zbekiston termasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring