Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UZDIGITAL TV» kompaniyaning 10 yilligiga qimmatbaho o‘yinlar aksiyasini o‘tkazdi

«UZDIGITAL TV» kompaniyaning 10 yilligiga qimmatbaho o‘yinlar aksiyasini o‘tkazdi

«UZDIGITAL TV» kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslarga raqamli televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi yetakchi operator sanaladi.

Kompaniya o‘z abonentlari uchun qayg‘urgan holda qator yangiliklarni taqdim etib kelyapti.

Shu yilning 5-oktyabr kuni kompaniyaning 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbir hamda «Yubiley» nomli qimmatbaho o‘yinlar aksiyasi g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

1-sentyabrdan 30-sentyabrga qadar «UZDIGITAL TV» xizmatlariga ulangan abonentlar ushbu aksiya doirasida televizor va boshqa sovg‘alar egasi bo‘lishdi.

G‘oliblarni aniqlab olishda «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar ko‘magidan foydalanildi. G‘oliblar lototron orqali aniqlandi.

G‘oliblarga «UZDIGITAL TV» raqamli televideniye xizmatlarini 12 oylik bepul ko‘rish uchun voucher; TeleCARD; Android Smart tv box; Raqamli efir qabul qiluvchi qurilma (HD T-14IR); televizor (Artel 32) kabi sovg‘alar taqdim etiladi.

Aksiya g‘oliblari o‘z sovg‘alarini qabul qilib olish uchun 1065 qisqa raqami orqali yoki o‘z yashash hududidagi sotuv va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislaridan biriga murojaat qilishlari mumkin.

Bayram tadbirida taniqli san’at ustalari, estrada yulduzlari ham ishtirok etishdi hamda kompaniyaning yubeley sanasi bilan tabriklab, mehmonlarga quvnoq kayfiyat taqdim etishdi.

Eslatib o‘tamiz, 10 yil avval o‘z faoliyatini dastlab Toshkent shahrida boshlagan «UZDIGITAL TV» bugungi kunda mamlakatimizdagi barcha viloyatlarni raqamli televideniye xizmatlari bilan to‘liq qamrab olgan. Respublikamiz aholisi 60dan ortiq o‘zbek va xorijiy telekanallarni sifatli tasvir, ovoz va kontentda tomosha qilishmoqda.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring