Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada 8 yoshli baliqchi 314 kilolik dahshatli akulani ovladi

Avstraliyada 8 yoshli baliqchi 314 kilolik dahshatli akulani ovladi

Foto: «Facebook»

Avstraliyaning Sidney shahri qirg‘oq bo‘yidagi suvda 8 yoshli baliqchi 314 kilolik akulani ovladi. Bu haqda «Daily Mail» yozadi.

Jeyden Millauro otasi Jonatan va kema kapitani bilan birga Sidney janubida baliq ovlayotganida bahaybat yo‘lbarssimon akulani qo‘lga tushirdi. Sohilga qaytgach, baliqchilar jamoasi ovlangan baliq rekord o‘rnatishiga ishonchlari komil edi.

Millauro ikki yoshidan beri baliq ovi bilan shug‘ullanadi va akula uning uchun katta yutuq ekanligini tan oldi.

Oldingi rekord baliqchi Yan Xisseyga tegishli edi. 1997-yili u og‘irligi 312 kilo keladigan yo‘lbarssimon akulani ovlagandi. Baliq toifasiga ko‘ra baliq ovi bo‘yicha rekordlarni nazorat qiluvchi Xalqaro assotsiatsiya ovlangan baliqni qayd etib qo‘ydi.

Yo‘lbarssimon akula odam uchun nihoyatda xatarli sanaladi. Ularning uzunligi o‘rtacha 4,25 metrga va og‘irligi 635 kilogrammgacha yetadi. Ginnessning rekordlar kitobiga uzunligi 5,5 metr, og‘irligi bir yarim tonna keladigan yo‘lbarssimon akula kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring